⬇️ Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida odam savdosiga qarshi kurash yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Jumladan, poytaxtda istiqomat qiluvchi, 1998 y.t. S.N. 2 nafar fuqaroni Tailand davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanish maqsadida yuborayotgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olindi.
Shuningdek, ushbu jinoiy harakat hozirda Tailand davlatida bo‘lgan, 2005 y.t. F.A. tomonidan tashkillashtirilganligi ma’lum bo‘ldi.
⚖️ Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b”, “g”, “e”, “z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.