G‘azodagi "Al Mezan" inson huquqlari tashkilotining ta’kidlashicha, Isroil G‘azoga nisbatan 60 kunlik to‘liq qamal orqali "ikki million kishiga ta’sirini to‘la anglagan holda, ataylab ochlikka mahkum qilish siyosatini" yuritmoqda.
Tashkilot ijtimoiy tarmoqlardagi qator xabarlarida, jinoyatchi Isroil harbiy kuchlari 2023 yil oktyabrida G‘azoga qarshi urushni boshlaganidan buyon kamida 28 ta oshxona va 37 ta yordam markazini bombardimon qilganini ma’lum qildi.
G‘azo markazidagi Nuseyrat qochqinlar lagerida kuniga 2000 dan ortiq falastinlik oilani ovqat bilan ta’minlaydigan oshxonada oziq-ovqat zaxirasi tugab bormoqda, deb xabar berdi Al Mezan. Xodimlarning aytishicha, ta’minot yetishmasligi sababli ular bir necha kun ichida oshxonani yopishga majbur bo‘lishlari mumkin.
"Harakatsiz qoralash bayonotlarining hech qanday ahamiyati yo‘q. 2 million tinch aholiga hayotni saqlab qoluvchi yordamni to‘sib qo‘yish nafaqat nomaqbul, balki jinoyatkorona va genosid harakatidir," - dedi Al Mezan. "Qamal tugashi shart. Javobgarlik albatta ta’minlanishi lozim."