Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

OAV: “Tolibon”ning 10 vakili ovqatdan zaharlanib, vafot etdi

OAV: “Tolibon”ning 10 vakili ovqatdan zaharlanib, vafot etdi

Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyatida “Tolibon”ning 10 nafar vakili ovqatdan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda “Khaama Press” agentligi ma’lumotlariga tayanib, TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea bugun, 17 mart kuni viloyatning markaziy qismida sodir bo‘lgan. Kamida 10 kishi zaharlangan ovqatni iste’mol qilgan va ko‘p o‘tmay vafot etgan. Ularning barchasi hududdagi nazorat punktini qo‘riqlagan.

Ta’kidlanishicha, bu oldindan rejalashtirilgan harakat bo‘lgan. Biroq uni qaysi tashkilot amalga oshirgan bo‘lishi mumkinligiga aniqlik kiritilmagan.

"Tolibon"ning mahalliy ma’murlari esa bu xabarni tasdiqlamagan.

Kiritildi: 21:16 17.03.2023. O'qildi: 1133 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!