Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

OAV: Timur Kapadze terma jamoadan ketdi

OAV: Timur Kapadze terma jamoadan ketdi

Timur Kapadze milliy terma jamoadan ketdi. 44 yoshli mutaxassis terma jamoaning Birlashgan Arab Amirliklaridagi yig‘iniga bormaydi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan xalqaro o‘rtoqlik turnirida qatnashadi.

Musobaqada 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘l olgan O‘zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari ishtirok etadi.

Championat.asia nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu yig‘inda O‘zbekiston terma jamoasini mundalga olib chiqqan Timur Kapadze ishtirok etmaydi. Rahbariyat uning faoliyatini shu yerda to‘xtatishga qaror qilgan.

Delegasiya ertaga BAAga jo‘nab ketadi.

Kiritildi: 12:45 09.11.2025. O'qildi: 1082 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!