Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

OAV: Otabek Murodovning uyi tintuv qilindi

OAV: Otabek Murodovning uyi tintuv qilindi

O‘zbekiston Respublikasi sobiq Bosh prokurori Otabek Murodov qamoqqa olinib, dastlabki so‘roq ishlari boshlanganidan so‘ng, uning mol-mulki va uylari ro‘yxati shakllantirilgani aytilmoqda.

«7news.uz»ning ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, Otabek Murodovning Toshkent shahar Yunusobod tumani Markaz-5 dagi xonadoni (Bizda uy va xonadon manzili mavjud) huquqni muhofaza qilish idoralar xodimlari tomonidan tintuv qilingan.

Ishonchli manba Otabek Murodovning Toshkentda hovlisi borligi va unga huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari kelib tintuv o‘tkazganini ham xabar qildi. Lekin, hovli borasidagi ma’lumotlar hozircha to‘liq tasdiqlanmadi.

Shuningdek, Otabek Murodovning yaqindagina xavfsizlik idoralaridan birida ish boshlagan jiyani M.A. (Ismi-sharifi bizga ma’lum) o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan.

Eslatib o‘tamiz, Otabek Murodovga nisbatan qo‘llangan uy qamog‘i sifatidagi ehtiyot chorasi allaqachon o‘zgartirilib, u qamoqqa olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatidagi yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev sobiq Bosh prokurorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgani haqida xabar qilgan edik.

O‘zbekiston Respublikasining sobiq Bosh prokurori Otabek Murodov shunday qilib ustozlari ortidan qamoqqa olindi. Avvaliga Rashidjon Qodirov, keyin Ixtiyor Abdullayev va nihoyat mana Otabek Murodov ham qamoqqa olindi.

Kiritildi: 10:27 06.11.2019. O'qildi: 10820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!