Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Nyu-Yorkda akula 65 yil ichida birinchi marta odamga hujum qildi

Nyu-Yorkda akula 65 yil ichida birinchi marta odamga hujum qildi

Nyu-York rasmiylari 65 yoshli ayolga akula hujum qilganidan so‘ng mashhur Rockaway Beach plyajini yopdi.

Qutqaruvchilar jabrlanuvchini suvdan olib chiqib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan, shundan so‘ng uni kasalxonaga yetkazishgan. Shifokorlarning aytishicha, uning ahvoli og‘ir, ammo barqaror. Akula uning sonini tishlab olgan.

New York Times gazetasining polisiya hisobotiga tayanib yozishicha, tishlash natijasida ayol 9 kilogrammga yaqin vazn yo‘qotgan.

Odamlarga akula hujumlarini kuzatuvchi Global Shark Attack File veb-saytiga ko‘ra, Nyu-Yorkda oxirgi marta shunga o‘xshash hodisa 1958 yilda sodir bo‘lgan.

«Umid qilamizki, jabrlanuvchi to‘liq tuzalib ketadi», — deyiladi shahar istirohat bog‘lari boshqarmasi xabarida. - Ushbu voqea shubhasiz vahimaga solgan bo‘lsa-da, biz Nyu-York aholisiga ushbu plyajda akula tishlashi juda kam bo‘lishini eslatmoqchimiz«.

Umuman olganda, 1837 yildan beri Nyu-York shtatida akulalarning odamlarga 20 ta sababsiz hujumi sodir bo‘lgan.

Nyu-York gubernatori Keti Xokul mahalliy hokimliklarga qirg‘oqqa yaqin joyda akulalarni kuzatishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha dronlarni berdi, shunda qutqaruvchilar kerak bo‘lganda ehtiyot choralarini ko‘rishlari mumkin.

Akula hujumidan keyin qutqaruv vertolyotlari dengiz yirtqichlarini qidirib, hududni tekshirishdi, ammo hech narsa topa olmadi.

Nyu-York shahri o‘t o‘chiruvchilari va polisiyasi qidiruvni davom ettirmoqda, ammo seshanba kuni plyaj syorfing va suzish uchun yopiq bo‘lib qoldi.

Kiritildi: 15:04 09.08.2023. O'qildi: 1331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!