Nashr manbalariga ko‘ra, aynan shu zaiflik Isroilga Tehrondagi yuqori martabali shaxslar, jumladan prezident Mas’ud Pizishkiyon joylashgan bunker manzilini aniqlash imkonini bergan. Prezidentning qo‘riqchilari telefonlar va ijtimoiy tarmoqlardan ehtiyotsizlik bilan foydalangan, bundan Isroil maxsus xizmatlari foydalangan.
"Eronlik bir qator yuqori martabali harbiylar va olimlar o‘ldirilganidan so‘ng, Oyatulloh Ali Xomanaiy xavfsizlik choralarini kuchaytirish, qo‘riqchilar sonini oshirish hamda mobil telefonlar va messenjerlardan foydalanishni taqiqlashni buyurgan. Qo‘riqchilarga faqatgina rasiyalardan foydalanishga ruxsat berilgan", deya yozmoqda The New York Times.