Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

NYT: AQSh muhojirlarni, jumladan ukrainaliklarni qabul qilishni to‘xtatdi

A A A
 NYT: AQSh muhojirlarni, jumladan ukrainaliklarni qabul qilishni to‘xtatdi

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Fuqarolik va immigrasiya xizmati rahbarlaridan biri maxsus dasturlar bo‘yicha Amerikada yashash uchun murojaatlarni qabul qilishni darhol to‘xtatish talab qilingan hujjatni tarqatgan.

"Bunday dasturlar soni judayam ko‘p. Ular Tramp ma’muriyati tomonidan qayta ko‘rib chiqilmoqda. AQSh Fuqarolik va immigrasiya xizmati vakili yangi hujjat chiqarilganini tasdiqlagan, biroq uning tafsilotlarini ochiqlashdan bosh tortgan", deb yozadi The New York Times.

To‘xtatilgan dasturlardan biri Jo Bayden davrida qabul qilingan Uniting for Ukraine dasturi bo‘lib, u urushdan qochgan ukrainaliklarga agar ular uchun AQShda yashaydigan moliyaviy homiy kafolat bersa, mamlakat hududiga vizasiz kelish va ishlash imkonini bergan. 2023 yil sentyabr holatiga ko‘ra, ushbu dastur orqali AQShga 150 mingdan ortiq ukrainalik kirib kelgan.

Kiritildi: 17:37 25.01.2025. O'qildi: 1143 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!