Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Nufuzli tashkilotdagilar ham qonunlarga tupurib qo‘yganmi? Kusherbayev «Amirsoy»dagi 700 tup qimmatbaho daraxtlarning kesilgani haqida gapirdi

Nufuzli tashkilotdagilar ham qonunlarga tupurib qo‘yganmi? Kusherbayev «Amirsoy»dagi 700  tup qimmatbaho daraxtlarning kesilgani haqida gapirdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev daraxtlarni shafqatsizlarga kesib tashlanishi bilan bog‘liq holatlar haqida munosabat bildirdi.

"Ba’zan tushunmay daraxt kesib qo‘yibdi, degan bahonalarni eshitib qolamiz. Balki rostdan ham daraxt kesish mumkinmasligini bilmagandir, deyish mumkin.

Lekin hamma narsadan xabari bor, nufuzli tashkilotdagilarning ham qonunlarga tupurib qo‘yganini qanday tushunish mumkin?!

Masalan, ko‘pchiligimiz eshitgan Bo‘stonliq tumanidagi «Amirsoy» kurort zonasi ma’muriyatining yaqinda naqd 700 tup atrofidagi qimmatbaho daraxtlarni kesib tashlaganini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi.

Shuncha gapdan keyin ham har xil bahonalar bilan daraxtkesarlik davom etmoqda. Buncha katta «dux» qayerdan paydo bo‘ldi?

Holat bo‘yicha ekologiya qo‘mitasi tomonidan prokuraturaga taqdim etilgan materiallar imi-jimida yopilib ketmasligi kerak. Gap ortga qaytarib bo‘lmaydigan 700 tup daraxt va salkam 400 million so‘mlik tabiatga yetkazilgan zarar haqida ketmoqda.

O‘zi kurort ma’muriyati odamlar tog‘ning daraxtzor tabiatida dam olish uchun ham kurortlarga borishini bilarmikan.

Mas’ullardan izoh kutamiz..." deb yozadi deputat.

Kiritildi: 22:47 14.09.2021. O'qildi: 4043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!