Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Novorossiyskda portlashlar yuz berdi

Novorossiyskda portlashlar yuz berdi

Rossiyaning Novorossiysk port shahrida 4 dekabr, chorshanbaga o‘tar kechasi bir nechta portlashlar sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAV shahar aholisiga tayanib xabar berdi.

«Jivaya Kuban» internet nashrining yozishicha, «portlash ovozi Borisovkada, Vidova ko‘chasida, Semdolina qishlog‘ida, Mefodiyevka rayonida, 8-hududda eshitilgan». «Fuqarolarning aytishicha, ular kuchli portlashni jismonan his qilishgan: ko‘pchilikning uyi silkingan, xususan, birinchi liniyada, kimdir hatto krovati silkinganini sezgan», — deyiladi nashrda.

93.ru internet nashri Novorossiyskka dron hujumi xavfi haqida yozmoqda. «Soat 01.37 da xavf haqidagi ma’lumotni o‘z pabligida Novorossiysk rahbari o‘rinbosari Aleksandr Yamenskov tasdiqladi», — deb ta’kidlaydi «Bloknot» internet nashri.

O‘z navbatida, shahar meri Andrey Kravchenko yarim tunda Telegram orqali Novorossiysk aholisini ochiq maydonlarda bo‘lmaslik, xotirjamlikni saqlash va xavfsiz joylarda bo‘lishga chaqirdi. «Novorossiyskda havo mudofaasi ishlamoqda», «barcha xizmatlar shay holatga keltirildi», — deyiladi uning xabarida.

Novorossiyskka uchuvchisiz uchoqlar hujumining oqibatlari haqida xabar berilmagan.

Kiritildi: 09:08 04.12.2024. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!