Norvegiya hukumati Rossiyadan kelgan ekipaj bilan "Silver Dania" kemasini Boltiq dengizidagi kabelga shikast yetkazganlikda gumon qilib hibsga oldi. Bu haqda "TASS" xabar bermoqda. "Rossiya ekipaji bo‘lgan Silver Dania kemasi Latviya iltimosiga ko‘ra Norvegiya hukumati tomonidan qo‘lga olingan. Norvegiya polisiyasi Latviya va Shvesiya o‘rtasidagi suv osti kabeliga zarar yetkazganlikda gumon qilinayotgan ekipajni so‘roq qilmoqda", — deyiladi xabarda.