Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Norvegiya valiahd shahzodasining o‘g‘li hibsga olindi

Norvegiya valiahd shahzodasining o‘g‘li hibsga olindi

Norvegiya valiahd shahzodasi Mette-Maritning o‘g‘li Marius Borg Xeybi behush holatda bo‘lgan shaxsga nisbatan zo‘ravonlik qilganlikda gumonlanib hibsga olindi.

Norvegiya televideniyesi 27 yoshli Marius Borg Xeybi dushanba kuni hibsga olingani haqida xabar berdi. U qarshilik ko‘rsata olmagan yoki hushidan ketgan odamga hujum qilganlikda ayblanmoqda. Polisiya hozircha hodisa yuzasidan aniq qaror qabul qilgani yo‘q.

Bundan oldin ham Norvegiya taxti vorisi Mette-Maritning o‘g‘li Marius Borg Xoybi polisiya tomonidan qo‘lga olingan edi. U sobiq sevgilisiga nisbatan zo‘ravonlik, shuningdek, mulkiga zarar yetkazishda gumon qilingan.

Keyinroq Marius Osloning Frogner tumanidagi 26 yoshli ayolning kvartirasida sodir bo‘lgan voqeani tushuntirib, u spirtli ichimliklar va kokain ta’sirida bo‘lganini aytdi.

Kiritildi: Bugun 18:12. O'qildi: 362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!