Bugun 3 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Norvegiya polisiyasi Latviya va Shvesiya o‘rtasidagi telekommunikasiya kabeliga zarar yetkazishda gumon qilingan kemani qo‘lga oldi

Norvegiya polisiyasi Latviya va Shvesiya o‘rtasidagi telekommunikasiya kabeliga zarar yetkazishda gumon qilingan kemani qo‘lga oldi

Norvegiyaning Tromse shahri polisiyasi Latviya hukumati iltimosiga binoan Silver Dania kemasini qo‘lga olganini ma’lum qildi. Kema Norvegiyada ro‘yxatga olingan va ushbu davlatga tegishli.

Polisiya matbuot xabarida kemaning butun ekipaji Rossiya fuqarolari ekanligi aytilgan.

Sohil qo‘riqlash xizmati kemani 30 yanvar kuni kechqurun qo‘lga olgan. Hozirda polisiya kemani tekshirayotgani va ekipajni so‘roq qilayotganini bildirgan.

26 yanvar kuni Boltiq dengizida Latviya va Shvesiya o‘rtasida joylashgan optik tolalali telekommunikasiya kabelga zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. Ertasi kuni Shvesiya prokuraturasi kabelga shikast yetkazishda gumon qilingan kemani qo‘lga olganini e’lon qildi, biroq uning nomi va qaysi davlatga tegishli ekani ochiqlanmadi.

Kiritildi: 20:24 31.01.2025. O'qildi: 921 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!