Norvegiya janubi-g‘arbida 100 ga yaqin odam dvigatel nosozligi sababli poyezdda qolib ketdi. Hodisa Bergen temir yo‘lida sodir bo‘lgan. Poyezd Myurdal va Xallingskeyd bekatlari orasida to‘xtadi.
Natijada yo‘lovchilar isitish va ishlaydigan hojatxonalarga kirish imkoniyatidan mahrum bo‘lishdi. Meteorologlarning ma’lum qilishicha, Xallingskeydda havo harorati minus 11 darajagacha tushib ketgan.
Keyinroq voqea joyiga qo‘shimcha poyezd to‘xtab qolgan poyezdni Myurdal stansiyasiga tortib olish uchun yetib keldi, deb xabar berdi Dagbladet temir yo‘l agentligi vakili Gunnar Bersetga tayanib.
Dekabr oyi oxirida poyezdlar va dispetcherlar o‘rtasidagi aloqa tizimidagi nosozlik tufayli butun Norvegiya bo‘ylab poyezdlar qatnovi butunlay to‘xtatildi.