Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Norvegiya elektr avtomobillar soni benzinli avtomobillar sonidan oshib ketgan birinchi davlat bo‘ldi

Norvegiya elektr avtomobillar soni benzinli avtomobillar sonidan oshib ketgan birinchi davlat bo‘ldi

Bu haqda Norvegiyaning Traffic Information Council tashkiloti hisobotida aytildi. Shu bilan birga, 2026 yilga borib mamlakatda elektromobillar dizel avtomashinalariga qaraganda ko‘proq bo‘lishi bashorat qilinmoqda.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Norvegiyada ro‘yxatga olingan taxminan 2,87 million avtomobilning deyarli millionga yaqini dizel, 754,303 tasi elektr, 753,905 tasi benzin bilan harakatlanadigan mashinalardir. Yana 364 388 tasi gibrid avtomobillar hisoblanadi.

Taxminlarga ko‘ra, 2030 yilga kelib Norvegiyada yengil avtomobillarning umumiy soni taxminan 3,1 millionga ko‘payadi. Bundan tashqari, so‘nggi yigirma yil ichida bir milliondan ortiq benzin bilan harakatlanuvchi avtomobillar Norvegiya avtoparkidan olib tashlandi va asosan elektromobillar bilan almashtirildi. "Dizel avtomobillar uchun ham xuddi shunday uslub qo‘llaniladi", deyiladi hisobotda.

Kiritildi: 13:55 19.09.2024. O'qildi: 252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!