Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi:
✅Jinoyat kodeksining 156-moddasi “Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish” deya nomlandi.
🔵Yangi qonun asosida ushbu moddaning birinchi qismi sanksiyasi “bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi” tarzida o‘zgartirildi.
✅Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 473-moddasi “Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish” deya nomlandi.
🔵Ayni moddaning uchinchi qismi “nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi” tarzida o‘zgartirildi.
✅Yangi qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks “Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilish” deb nomlangan yangi 478-modda bilan to‘ldirildi.
🔵Unga ko‘ra, ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilish, bunday qarash, g‘oya yoki chaqiriqlarni tarqatish, shuningdek, bunday xatti-harakatlarni rag‘batlantirish bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.