Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

«Noma’lum shaxs» Toshkentda katta tezlikda manyovr qildi, YHXB xodimlari yo‘llarni berkitishdi (Video)

«Noma’lum shaxs» Toshkentda katta tezlikda manyovr qildi, YHXB xodimlari yo‘llarni berkitishdi (Video)

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video barchaning shubhalarini oshirmoqda. Toshkent shahrining qoq markazida “allambalo” avtomashinada katta tezlikda harakatlanib, o‘ziga xos manyovrlarni bajarayotgan haydovchining shaxsi ko‘pchilikda savol uyg‘otmoqda.

Amir Temur xiyoboni atrofidagi aylanma yo‘lda katta tezlikda harakatlangan avtomashina Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan himoya qilinib turilibdi. Ya’ni yo‘llar to‘liq yopilgan.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, yshllar yopilishi, yo‘llardagi ta’mirlash ishlari borasida Toshkent shahar IIBB bir muddat avvalroq ogohlantirishga o‘rganib qoldi.

Lekin, bu yo‘lning yopilishi haqida lom-mim degani yo‘q, Toshkent shahar IIBB (Deya olmasa ham kerak, chunki haydovchining o‘ta ta’sir kuchi yuqori shaxs ekanligi taxmin qilinadi).

O‘zbekistondagi eng katta mehmonxonalardan biri qarama-qarshisida poytaxtliklar va turistlar ko‘z o‘ngida bunaqa harakatlar kimda qanday tasavvur uyg‘otishi haqida ming xil variantlarni qilishimiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda qonun hammaga baravar. Hattoki, yuqori tezlikda harakat qilgan Otabek Umarov ham jarimaga tortilgan edi. Shunday ekan bu shaxs ham kim bo‘lishidan qa’tiy nazar qoidabuzarligi uchun jarimaga tortilishi va uning shaxsi ochiqlanishi kerak.

Kiritildi: 10:15 19.09.2019. O'qildi: 3813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!