Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Nokia Oyda 4G tarmog‘ini o‘rnatmoqchi

Nokia Oyda 4G tarmog‘ini o‘rnatmoqchi

Finlyandiyaning Nokia telekommunikasiya kompaniyasi 2023 yilda NASA'ning Artemis missiyasi uchun Oyda o‘zining 4G (LTE) mobil tarmog‘ini o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

Nokia bosh muhandisi Luis de Teminyo so‘zlariga ko‘ra, jihozlar yaqin oylarda uchirilishi kutilayotgan SpaceX kosmik kemasida Yer yo‘ldoshiga yetkaziladi. Tarmoq Oyning janubiy qutbidagi Sheklton kraterida joylashtiriladi.

Nokia kompaniyasining Oyda 4G mobil tarmog‘ini joylashtirish rejalari taxminan ikki yil avval ma’lum bo‘lgan edi.

Endi, taxminiy ishga tushirish sanasi ham oydinlashdi. NASA Oyda uyali aloqa tarmog‘i zarurligiga ishonchi komil. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, signalning barqarorligi va ulanish qulayligi, shuningdek, aloqa diapazoni unchalik ishonchli bo‘lmagan an’anaviy radioaloqadan voz kechish imkonini beradi.

Kiritildi: 04:59 29.03.2023. O'qildi: 1474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!