Nohaq qamalib, umrining 13 yilini panjara ortida o‘tkazgan germaniyalik Manfred Gendiski ozodlikka chiqdi.
Uni 2010 yilda qotillikda ayblab qamashgan, faqat 2023 yilda xatolik o‘tganiga iqror bo‘lishgan.
Ko‘p hollarda bunaqa «aybsiz aybdorlar»dan rasmiylar kechirim so‘rab, kattagina tovon puli to‘lashganiga guvoh bo‘lganmiz. Ammo Manfredning hikoyasi davom etmoqda...
Gap shundaki, unga «boshpana va yemak» uchun 100 ming yevro to‘lashi kerakligi haqida chek keldi. Hukumat da’vosiga ko‘ra, Gradiski oqlangan bo‘lishiga qaramasdan, qamoqxona xarajatlarini qoplab berishi shart...