Qonunchilikka ko‘ra, I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib belgilanishi lozim.
Shuningdek, ular uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin 6 kunlik ish haftasida — 6 soatdan, 5 kunlik ish haftasida — 7 soatu 30 daqiqadan ortib ketmasligi kerak.