Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Nodirbek Abdusattorov «London Chess Classic» musobaqasi g‘olibiga aylandi

Nodirbek Abdusattorov «London Chess Classic» musobaqasi g‘olibiga aylandi

Angliyadagi «London Chess Classic» turnirida bugun 8-tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda. O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov tur doirasida fransiyalik Alirizo Firuzjaga qarshi qora donalarda o‘ynadi.

Bahsning 20-yurishiga kelib raqib vaqt borasida seytnotga tushib qoldi va kichik xatolarga yo‘l qo‘ya boshladi. Nodirbek esa kichik ustunlikni qo‘lga kiritib, hujumga o‘tdi. Alirizo bor kuchini himoyaga qaratdi. 32-36-yurishlar oralig‘ida hamyurtimiz raqibga 3 marta Shoh bergan bo‘lsa, Firuzja majburiy yurishlarni amalga oshirdi. Natijada tomonlar bir yurishni 3 marta takrorlab, durangga imzo chekishdi.

Ushbu durang evaziga hamyurtimizning ochkolari 7 taga yetdi va musobaqa yakunlanishiga bir tur qolganida Nodirbek g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: Bugun 07:00. O'qildi: 360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!