Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarov qanday qilib zo‘r shaxmatchiga aylanganini aytdi

Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarov qanday qilib zo‘r shaxmatchiga aylanganini aytdi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov milliy jamoadagi jamoadoshi Javohir Sindarov haqida, uning hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi jahon shaxmat toji uchun bellashuvi oldidan fikr bildirdi.

Abdusattorov Sindarovni barcha zamonlarning eng kuchli besh nafar shaxmatchisi qatoriga qo‘shib, uning iste’dodiga alohida to‘xtaldi:

- Biz uning salohiyatini juda yaxshi bilamiz. Javohir juda katta iste’dod sohibi, hatto mendan ham iste’dodli, desam adashmayman. 2021–2022 yillargacha u shaxmatga unchalik ko‘p vaqt ajratmasdi, boshqa ishlar bilan ham shug‘ullanardi.

Menimcha, u tarixdagi eng iste’dodli besh nafar shaxmatchi qatoriga kiradi — Kasparov va boshqa buyuk ustalar bilan bir qatorda. Talant jihatidan ulardan qolishmaydi. Faqat uzoq yillar davomida o‘z salohiyatini to‘liq namoyon eta olmadi, biroz soyada qolib ketdi, — deydi Nodirbek.

Abdusattorovning ta’kidlashicha, Sindarovning yutuqlari unga o‘zi uchun ham kuchli turtki bo‘lgan:

- 2022 yilda reytingda 2700 ball chegarasini birinchi bo‘lib men buzganman. 2025 yilgacha reyting bo‘yicha dunyodagi eng kuchli shaxmatchilar qatorida bo‘ldim. Lekin Nomzodlar turniri bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘lmadim. Avvaliga bunga yoshim kichikligi to‘sqinlik qilgan bo‘lsa, keyin tajriba yetishmasligi sabab bo‘ldidi.

Ko‘p yillar davomida men Javohirdan bir qadam oldin yurardim. Endi esa u meni ortda qoldirdi va birinchi bo‘lib shu maqsadga yetdi. Uning ketma-ket g‘alabalari menda go‘yo ikkinchi nafas ochdi. Javohir buning mumkinligini amalda ko‘rsatdi, yo‘l ochdi va mening o‘zimga bo‘lgan ishonchimni mustahkamladi. Hozir u oldinda, men esa uning izidan bormoqdaman, — deya Nodirbek Abdusattorovning so‘zlarini keltiradi UzChess.

Kiritildi: 21:27 12.10.2026. O'qildi: 316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!