Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Nodir G‘aniyev O‘zbekistonning Portugaliyadagi elchisi bo‘ldi

Nodir G‘aniyev O‘zbekistonning Portugaliyadagi elchisi bo‘ldi

O‘zbekistonning Portugaliyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Parij shahrida) Nodir G‘aniyev mamlakat prezidenti Marselu Rebelu de Souzaga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» axborot agentligi.

U bir vaqtda mamlakatning Fransiyadagi vakolatxonasi rahbari ham hisoblanadi.

Rasmiy marosimdan so‘ng kechgan muloqot chog‘ida Portugaliya prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar holati va istiqbollarini yuqori baholadi. Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 12 avgustda o‘rnatilgan.

Kiritildi: 12:26 28.05.2025. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!