Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Nodim Zahaviy Buyuk Britaniya moliya vaziri etib tayinlandi

A A A
Nodim Zahaviy Buyuk Britaniya moliya vaziri etib tayinlandi

Buyuk Britaniyaning sobiq ta’lim vaziri Nodim Zahaviy mamlakat moliya vaziri etib tayinlandi. Zahaviy bu lavozimda Rishi Sunaka o‘rnini egallaydi.

55 yoshli Nodim Zahaviy 2021 yil sentyabr oyidan boshlab ta’lim vaziri lavozimida ishlagan, bunga qadar aholini koronavirusga qarshi emlash jarayoniga mas’ul bo‘lgan.

Nodim Bog‘dodda tug‘ilgan, 9 yoshga to‘lganda oilasi bilan Birlashgan Qirollikka ko‘chib o‘tgan. “You Gov” jamoatchilik fikrini o‘rganish kompaniyasi asoschilaridan biri bo‘lgan Zahaviy parlamentga ilk bor 2010 yil Stratford-apon-Eyvon okrugidan saylangan.

2020 yildan beri muassasa rahbari o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Mishel Dounlan yangi ta’lim vaziri etib tayinlandi. 38 yoshli Dounlan avvalgi lavozimida oliy va keyingi ta’lim masalalarini nazorat qilgan.

Kiritildi: 09:47 07.07.2022. O'qildi: 2487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!