Nobel mukofoti sovrindorlari Ukrainadagi tinchlik kelishuvini siyosiy mahbuslarni ozod qilish bilan bog‘lashga chaqirdi.
2021-yilgi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Dmitriy Muratov va yana 16 nafar laureat Putin, Tramp, Zelenskiy va Yevropa Ittifoqiga ochiq xat yo‘llab, kelajakdagi tinchlik kelishuviga siyosiy mahbuslarni ozod qilishni kiritishga chaqirdi:
"Biz tinchlik kelishuvi loyihasiga xalqaro tashkilotlar tomonidan siyosiy mahbus deb tan olingan fuqarolarni afv etish yoki almashtirish to‘g‘risidagi bandni kiritishni so‘raymiz. [... Ishonchimiz komilki, agar janob Putin va Zelenskiy xayrixohlik ko‘rsatib, faqat shaxsiy fikrini bildirgani uchun qamalgan va zo‘ravonlik jinoyatlarini sodir etmagan kamida bir necha o‘nlab odamlarni o‘zaro afv etishsa, bu mustahkam va adolatli tinchlik o‘rnatilishini tezlashtiradi."
Maktub mualliflari Rossiya qamoqxonalarida urushga qarshi pozisiyada bo‘lgani uchun sudlangan mingdan ortiq kishi saqlanayotganini eslatgan.