Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Nobel mukofoti laureati: G‘azo 80 yil oldingi Xirosimaga o‘xshaydi

Nobel mukofoti laureati: G‘azo 80 yil oldingi Xirosimaga o‘xshaydi

Xibakusha - Xirosima va Nagasakidagi yadroviy hujumlardan omon qolgan odamlarni birlashtirgan Nihon Hidankyo tashkiloti 2024 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini oldi.

Tashkilot hamraisi Toshiyuki Mimaki G‘azo sektoridagi hozirgi vaziyat va Ikkinchi jahon urushidan keyingi Yaponiyadagi vaziyat o‘rtasida o‘xshashlik ko‘rsatdi.

🗣«G‘azoda qon oqayotgan bolalar [ota-onalar] qo‘lida ushlab turilibdi. Bu xuddi 80 yil avval Yaponiyadagidek», — dedi Mimaki Tokiodagi matbuot anjumanida. «[Xirosima va Nagasakidagi bolalar] atom bombasi tufayli urushda otalaridan va onalaridan ayrildi. Ular yetim qoldilar».

Mimaki yadro quroli hech qachon tinchlik keltirmasligini ta’kidlab, zamonaviy mojarolarda ulardan foydalanish ehtimolidan ogohlantirdi.

Kiritildi: 23:59 15.10.2024. O'qildi: 748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!