Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Niqob taqishni xohlamagan Gollivud yulduzi dorixonadan chiqarib yuborildi

A A A
Niqob taqishni xohlamagan Gollivud yulduzi dorixonadan chiqarib yuborildi

Aktyor Bryus Uillis Los-Anjelesdagi dorixonadan tibbiy niqob taqishdan bosh tortgani uchun chiqarib yuborildi, deb xabar berdi “Page Six” o‘z manbasiga asoslanib.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, 65 yoshli Uillis yuzini bo‘yniga bog‘lab qo‘yilgan sharf bilan yopishi mumkin bo‘lgan, ammo buni qilmagan. Shuning uchun hech narsa xarid qilmay ketishga majbur bo‘lgan. Uillisning vakillari hozircha dorixonadagi voqea haqidagi xabarlarga izoh berishmadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda aktyorning koronavirus pandemiyasi  bilan bog‘liq cheklovlarga rioya qilmaslik harakatlari masxara qilindi va qoralandi.

Kiritildi: 04:30 14.01.2021. O'qildi: 2302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!