"Nipah virusiga qarshi vaksina yaratish muammo emas deb o‘ylayman", deya ma’lum qildi Rossiya Fanlar akademiyasi prezidenti o‘rinbosari Gennadiy Onishenko matbuot uchrashuvida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 1998–1999 yillarda dunyoda, asosan Janubi-Sharqiy Osiyoda, 300 ga yaqin virus yuqish holatlari aniqlangan bo‘lib, o‘lim darajasi 70% tashkil etgan.
"Ayrim avj olgan holatlarda bemorlar vafot etgan, afsuski, hozirgacha na virusni samarali davolash usuli, na tasdiqlangan sxema, na dori vositalari mavjud.
Tibbiyot xodimlarida infeksiyaning global tarqalishi haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Vaziyat nazorat ostida, kuzatuv olib borilmoqda va vaximaga o‘rin yo‘q", degan u.