Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

NIPAH virusi O‘zbekistonda qayd etilmagan — Sanepidqo‘mita

NIPAH virusi O‘zbekistonda qayd etilmagan — Sanepidqo‘mita

NIPAH — hayvonlardan insonga yuqadigan xavfli virus bo‘lib, ko‘rshapalaklar orqali, shuningdek ifloslangan oziq-ovqat va insondan insonga yuqishi mumkin. So‘nggi yillarda virus holatlari asosan Hindiston va Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlarida kuzatilmoqda.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda ushbu virus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror, ushbu kasallikni mamlakatimizga kirib kelish ehtimol juda past.

Hindistonga safar rejalashtirayotganlar uchun tavsiyalar:

🔹 shaxsiy gigiyenaga rioya qilish;
🔹 qo‘llarni sovun bilan tez-tez yuvish;
🔹 antiseptik vositalardan foydalanish;
🔹 meva-sabzavotlarni yaxshilab yuvish;
🔹 tekshirilmagan suvni ichmaslik;
🔹 ko‘rshapalak tishlagan yoki shikastlangan mevalarni iste’mol qilmaslik.

Agar isitma, kuchli bosh og‘rig‘i yoki boshqa alomatlar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling.

Kiritildi: Bugun 19:15. O'qildi: 297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!