TikTok ijtimoiy tarmog‘i Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni bir haftaga translyasiya qilish imkoniyatidan mahrum qildi.
Bu haqda u dushanba kuni Telesur telekanali orqali efirga uzatilgan Venesuela Davlat kengashi va Xavfsizlik kengashining qo‘shma yig‘ilishida ma’lum qildi.
"TikTok 19 avgustgacha mening translasiya qilish imkoniyatimni to‘xtatdi", dedi Maduro.
Avgust boshida mamlakat rahbari ijtimoiy tarmoqni mamlakatda nafrat uyg‘otayotganlikda ayblab, qonuniy javobgarlik haqida ogohlantirgan, X (sobiq Twitter) faoliyatini 10 kunga to‘xtatgan edi.