Venesuela Tashqi ishlar vazirligi prezident Nikolas Maduroga uyushtirilgan suiqasdda gumon qilingan Peru fuqarolari ro‘yxatini Karakasdagi Peru elchixonasiga topshirgan. Bu haqda RIA Novosti Venesuela Tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreas ma’lumotlariga asoslanib xabar bergan.
Nikolas Maduroga uyushtirilgan suiqasdda 23 nafar gumon qilingan shaxslar bo‘lib, ularning 10 nafari qo‘lga olingan, 13 nafari esa qidirilmoqda.
Peru fuqarolari bo‘lgan Gregorio Xose Yaguas Monxes va Yilbert Alberto Eskalonalar prezident suiqasdida asosiy gumondorlar sifatida ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Nikolas Maduroga dron orqali hujum qilingani va hodisada 7 nafar odam jarohatlanganligi haqida xabar bergan edik.
Manba: qalampir.uz