Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Nijniy Novgoroddan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Nijniy Novgoroddan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

V.P. Chkalov nomidagi Nijniy Novgorod xalqaro aeroportidan Toshkentga parvozlar ochilmoqda. Bu haqda aeroport matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston poytaxtiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam qatnovlar “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Parvozlar 28 martdan boshlab haftasiga ikki marta – seshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Toshkentdan uchish 18:00, Nijniy Novgorodga yetib kelish 20:00 da. Volgabo‘yi federal okrugi poytaxtidan jo‘nash esa 21:30, O‘zbekiston poytaxtiga yetib kelish 03:00 da. Vaqtlar har bir aeroport uchun mahalliy hisoblanadi.

Parvozlar Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Kiritildi: 14:09 16.03.2023. O'qildi: 1309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!