Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Nigeriyada yo‘l transport halokati natijasida 19 kishi, jumladan besh nafar bola halok bo‘ldi

A A A
Nigeriyada yo‘l transport halokati natijasida 19 kishi, jumladan besh nafar bola halok bo‘ldi

Nigeriyaning Kogi shtatida ro‘y bergan yo‘l transport halokati oqibatida 19 kishi vafot etdi, yana 8 kishi jarohat oldi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Kogi shtatidagi Milliy yo‘l harakati xavfsizligi xizmati direktori Kumar Sukvamning ma’lum qilishicha, halokat Lokoja-Obaxana shossesida sodir bo‘lgan.

Yuqori tezlikda harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobus harakatda bo‘lgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida besh nafar bola ham bor.

Hodisa joyiga tezkor xizmatlar yetkazilgan va jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Hodisa bo‘yicha tergov ishlari boshlangan.

Kiritildi: 22:53 27.05.2025. O'qildi: 475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!