Nigeriyada vabo epidemiyasi qurbonlari soni 156 nafarga yetdi.
Nigeriya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 15 iyuldan 21 iyulgacha mamlakatda vabo bilan kasallangan 170 ta holat aniqlangan, uch kishi kasallik tufayli vafot etgan.
Shu tariqa Nigeriyada yanvar oyi boshidan beri vabodan vafot etganlar soni 156 nafarga yetdi.
Respublika bo‘yicha jami 4809 ta vabo infeksiyasi aniqlangan.
Vabo kasalligini Vibrio bakteriyalari keltirib chiqaradi. U oziq-ovqat va suv orqali yuqadi va kuchli diareya va suvsizlanishni keltirib chiqaradi. Agar davolanmasa, o‘limga olib keladi.
Toza suv etishmasligidan tashqari, Nigeriyada yuqumli kasalliklardan infeksiya va o‘lim xavfi etarli tibbiy xizmatlarning etishmasligi bilan kuchayadi.
Mamlakatda bezgak, poliomiyelit, tif isitmasi va maymunchechak virusi tez-tez uchraydi.