Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Nigeriyada 125 nafar «Boko Haram» terrorchilari va homiylari hukm qilindi

Nigeriyada 125 nafar «Boko Haram» terrorchilari va homiylari hukm qilindi

Nigeriya Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Kamardin Ogundelening aytishicha, hukm mamlakatda jinoiy tashkilot hamkorlariga qarshi yangilangan ommaviy sud jarayoni doirasida chiqarilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 125 kishi «terrorizm, terrorizmni moliyalashtirish, terrorchilarga moddiy yordam ko‘rsatish» hamda Xalqaro jinoiy sud (XJC) tomonidan ko‘rib chiqilgan hujjatlar bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nigeriya Federal Oliy sudi 24 iyul kuni «Boko Haram»ning 300 nafar a’zosi ustidan ommaviy sud jarayonini davom ettirdi. Nigeriya hukumati avvalroq mamlakat shimoli-sharqida qo‘lga olingan «Boko Haram»ning 5000 a’zosi sudga tortilishi haqida xabar bergan edi. Qo‘lga olingan terrorchilar guruhlar bo‘lib sudlanadi.

2009 yildan beri Nigeriyada «Boko Haram» guruhining yirik teraktlari natijasida 20 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. Terror tashkiloti 2015 yildan beri Kamerun, Chad va Nigerning chegara hududlarida hujumlar uyushtirmoqda. Chad ko‘li havzasidagi hujumlar natijasida kamida 2 ming kishi halok bo‘ldi. «Boko-Haram» hujumlari har yili yuz minglab odamlarni uylarini tashlab ketishga majbur qiladi.

Kiritildi: 18:46 27.07.2024. O'qildi: 755 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!