Nigeriya shimolida qurolli shaxslar 30 dan ortiq qishloq aholisini o‘ldirib, bir necha kishini garovga oldi.
Bu haqda Vanguard News portali xabar bermoqda.
Ayni paytda mahalliy aholi 37 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bermoqda. Garovga olinganlar soni o‘rganilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurollangan shaxslar Niger shtatida joylashgan Kasuvan-Daji qishlog‘iga motosikllarda bostirib kirib, tartibsiz o‘t ochgan. Ular do‘konlarni talon-taroj qilishdi va mahalliy bozorni yoqib yuborishdi.
Nigeriyaning turli hududlarida faoliyat yurituvchi yirik jinoiy guruhlar o‘g‘irlik, qotillik, to‘lov uchun garovga olish va chorva o‘g‘irliklari bilan shug‘ullanadi.