Niderlandiyadagi temiryo‘l vokzallaridan birida G‘azo aholisiga hamdardlik belgisi tariqasida ommaviy norozilik aksiyasi o‘tkazildi.
Namoyishchilar G‘azodagi gumanitar ahvoldan norozilik bildirib, Isroil tomonidan falastinliklarga nisbatan zo‘ravonlikni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirishdi.
Shuningdek, ular Niderlandiya hukumatini Isroil bilan aloqalarni to‘xtatishga chaqirishdi.
Buning ortidan Niderlandiya Milliy xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurashish agentligi (NCTV) o‘zining so‘nggi hisobotida ilk bor Isroilni mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.