Niderlandiyaning Amsterdam shahridagi kanallar bo‘ylab dunyodagi ilk boshqaruvchisiz taksi harakatlana boshladi. “Roboat III” deb nomlangan qurilma bir vaqtning o‘zida 5 tagacha yo‘lovchi yoki 1500 kg yukni tashib yurish imkoniyatiga ega.
Boshqaruvchisiz qayiq taksi Massachusets texnologiya instituti va Amsterdam ilg‘or shahar yechimlari instituti muhandislari hamda ilmiy xodimlari tomonidan yaratilgan.
Qayiq birinchi marta 2015-yilda sinovdan o‘tkazib ko‘rilgan. U to‘laqonli taksi sifatida xizmat ko‘rsatish uchun yana bir necha bor o‘zgartirildi. Elektr qayiq to‘liq quvvat bilan 10 soatgacha ishlaydi va soatiga 12 km tezlik bilan harakatlanadi