Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Niderlandiya bilan o‘yin oldidan Fransiya yana bir jiddiy yo‘qotishga uchrashi mumkin

Niderlandiya bilan o‘yin oldidan Fransiya yana bir jiddiy yo‘qotishga uchrashi mumkin

Avvalroq burnini sindirib olgan Kilian Mbappening mazkur o‘yinda qatnashmasligi aytilgandi.

Madridning “Real” klubi va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Yevro-2024 doirasidagi Niderlandiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Manbaning xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi mashg‘ulot vaqtida mushaklarida noqulaylik his qilgan.

Tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan. Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi Yevropa chempionatining 1-turida Fransiya terma jamoasi Avstriyani minimal 1:0 hisobida mag‘lub etgandi. Fransiyaning ikkinchi turdagi raqibi Niderlandiya terma jamoasi bo‘ladi.

Uchrashuv 22 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 08:13 19.06.2024. O'qildi: 817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!