"Al Hilol" futbolchisi Neymarning agenti Pini Zaxavi braziliyalikning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
"Neymarning "Al Hilol"dan ketishi haqida hech qanday muzokaralar olib borilmadi. Uning saudiyaliklar bilan shartnomasi bor va u bu yerda baxtli. Neymarning kelajagi borasida men va uning otasi aniq ma’lumotga ega insonlarmiz. Uning "Santos"ga o‘tishi haqida gap-so‘zlar qayerdan chiqqanini bilmayman. Neymar "Al Hilol"da qoladi", — dedi Zaxavi.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2023 yilning yozida "Al Hilol"ga ko‘chib o‘tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.