Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Neymar va Ronaldu yo‘q. Saudiya Arabistonida to‘p tepayotgan eng qimmat futbolchilar top-10'ligi e’lon qilindi

A A A
Neymar va Ronaldu yo‘q. Saudiya Arabistonida to‘p tepayotgan eng qimmat futbolchilar top-10'ligi e’lon qilindi

Mashhur Transfermarkt portali Saudiya Arabistoni chempionatining eng yuqori bozor qiymatiga ega o‘nta futbolchisini taqdim etdi.

Shunday qilib, bugungi kunda Pro-liganing eng qimmat futbolchisi "Al-Ittihod" yarim himoyachisi Musa Diabidir, uning bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda. Quyida to‘liq ro‘yxat keltirilgan:

1. Musa Diabi ("Al-Ittihod", €35 mln);
2. Muhammad Simakan ("An-Nasr", €28 mln);
3. Ruben Nevesh ("Al-Hilol", €28 mln);
4. Ayven Toni ("Al-Ahli", €28 mln);
5. Malkom ("Al-Hilol", €25 mln);
6. Aleksandr Mitrovich ("Al-Hilol", €25 mln);
7. Gabriel Veyga ("Al-Ahli", €23 mln);
8. Markos Leonardo ("Al-Hilol", €20 mln);
9. Sergey Milinkovich-Savich ("Al-Hilol", €20 mln);
10. Rojer Ibanes ("Al-Ahli", € 18 mln).

E’tiborlisi, liganing ikki asosiy yulduzi - "An-Nasr"dan Krishtianu Ronaldu va "Al-Hilol"dan Neymar top-10 talikka kirmagan. Ularning narxi mos ravishda 12 va 15 million yevro.

Kiritildi: 18:25 14.12.2024. O'qildi: 1611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!