Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Neymar «Santos» mashg‘ulotida Robinyo bilan tortishib qoldi

Neymar «Santos» mashg‘ulotida Robinyo bilan tortishib qoldi

Braziliyalik hujumchi Neymar 3 may kuni «Santos» jamoasining ertalabki mashg‘uloti davomida mojaro markazida qoldi, deb xabar bermoqda Globo.

Manbaga ko‘ra, 34 yoshli hujumchi 18 yoshli yarim himoyachi Robinyoni chalgan va shundan so‘ng ular o‘rtasida og‘zaki tortishuv kelib chiqqan. Neymar yosh futbolchi uni aldab o‘tganidan keyin va hujumchining «sekinroq o‘yna» degan iltimosiga nisbatan bildirgan munosabatini hurmatsizlik sifatida qabul qilib, jahli chiqqan.

Shundan so‘ng ular o‘rtasida tortishuv kuchayib, Neymar yarim himoyachini turtib yuborgan va hatto unga qo‘l ko‘targani aytiladi. Keyinroq esa u bazada yosh futbolchi bilan gaplashib, emosional reaksiyasi uchun uzr so‘ragan. Qayd etilishicha, mojaro bartaraf etilgan.

«Santos» va Robinyo agentlari ushbu holat yuzasidan izoh berishdan bosh tortdi. Neymarning atrofidagilar esa bu voqeadan «xabardor emasliklarini» bildirgan.

Ma’lumot uchun, «Santos» 6 may kuni Janubiy Amerika kubogi guruh bosqichi doirasida Paragvayning «Rekoleta» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: Bugun 11:41. O'qildi: 268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!