"Santos" sardori Neymar Braziliya chempionatidagi 0:6 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Neymar "Vasko da Gama"ga qarshi butun o‘yinni maydonda o‘tkazdi va final hushtagidan keyin yig‘lab yubordi - uni jamoadoshlari tinchlantirishdi.
"Biz juda dahshatli edik. Bu sharmandalik. Bugun muxlislar bizni so‘kishga, haqorat qilishga haqli. Uyalyapman. Men hayotimda hech qachon bunday holatni boshdan kechirmaganman," - deya Neymarning so‘zlarini keltiradi The Touchline.
33 yoshli hujumchi bilan haqiqatan ham bunday bo‘lmagan: 0:6 hisobi uning faoliyatidagi eng yirik mag‘lubiyat bo‘ldi.