Aleks Counter-Strike 2 o‘ynashda yordam berish uchun chip va og‘iz orqali boshqariladigan kontrollerdan foydalanmoqda.
Neuralink miya chipini o‘rnatgan ikkinchi odam allaqachon Counter-Strike 2 o‘yinini o‘ynash uchun implantdan foydalanmoqda.
Chorshanba kuni Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi umurtqa pog‘onasi shikastlanganidan so‘ng oyoq-qo‘llari nazorat qilishni yo‘qotgan «Aleks» haqida ma’lumot berdi. U o‘tgan oy miya chipini o‘rnatdi va o‘shandan beri u implantdan sichqonchani, noutbukini masofadan boshqarish uchun foydalanmoqda.
Birinchi Neuralink bemori, Noland Arbaugh singari , Aleks ham Counter-Strike 2 kabi kompyuter o‘yinlarini o‘ynash uchun miya chipidan foydalandi.
Boshqacha qilib aytganda, Aleks o‘yin davomida sichqoncha va klaviatura funksiyalarini oldinga va orqaga almashtirishi kerak edi. Ammo Neuralink tufayli u endi implant bilan nishonga olishi va QuadStick yordamida bir vaqtda harakatlanishi mumkin.
«Shunchaki yugurish juda yoqimli, chunki men yonma-yon qaray olaman va Quadstickni chapga va o‘ngga siljitishning hojati yo‘q», dedi Aleks Neuralink blogida. «Men qaerga qarash haqida o‘ylay olaman va u men xohlagan joyga boradi. Bu daxshat».