Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning idorasi 15 fevral kuni asirlikdan ozod qilinadigan garovga olinganlar ro‘yxatini tasdiqladi.
Bu haqda xorijiy ommaviy axborot vositalari kanslerlik bayonotiga tayanib xabar berdi.
"Bugun Qatar va Misr vositachilari tomonidan Xamasdan olingan ismlar ro‘yxatiga Aleksandr (Sasha) Trufanov, Sagi Dekel Xen va Yair Xorn kiritilgan. Bu ro‘yxat Isroil tomonidan qabul qilingan va oilalarning roziligi bilan e’lon qilingan", — deyiladi bayonotda.