Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Netanyaxu Vashingtonda hujjat imzoladi

Netanyaxu Vashingtonda hujjat imzoladi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuvi chog‘ida mamlakatning «Tinchlik Kengashi»ga (Board of Peace) a’zoligi to‘g‘risidagi rasmiy hujjatni imzoladi.

Bu haqda Isroil hukumati ma’lumot tarqatdi.

Qayd etilishicha, «Bler Xaus»da (Blair House) bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy masalalarni muhokama qilishgan. Uchrashuvdan so‘ng Netanyaxu Isroil nomidan «Tinchlik Kengashi»ga a’zolik hujjatiga imzo chekkan.

Ma’lumot uchun, shu yilning 16 yanvar kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp «Tinchlik Kengashi» deb nomlangan xalqaro tashkilot tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilganini e’lon qilgan va Ozarbayjon Respublikasini ushbu tashkilotning asoschi davlati bo‘lishga taklif etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 22 yanvar kuni Davosda «Tinchlik Kengashi Nizomi»ni (Board of Peace Charter) imzolash marosimi bo‘lib o‘tgan. Tadbirda ishtirok etgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va boshqa davlat hamda hukumat rahbarlari «Tinchlik Kengashi Nizomi» hujjatini imzolagan edilar.

Kiritildi: 23:51 11.02.2026. O'qildi: 309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!