Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

600 ming dollar talab qilgan firibgar ushlandi

600 ming dollar talab qilgan firibgar ushlandi

💡Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida yashovchi, 1973 y.t. xususiy tadbirkor Buxoro viloyatining Peshku tumani hududidagi oltin va boshqa qimmatbaho metallarga ega bo‘lgan davlat zaxirasidagi 290 gektar yer maydonini o‘zining mansabdor tanishlari yordamida auksion savdolari orqali olib berishni va’da qilib, Shofirkon tumanida istiqomat qiluvchi, 1983 y.t. fuqarodan 600 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun bir necha marotaba sudlangan mazkur shaxs oldindan 230 ming AQSh dollari va 840 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 07:04. O'qildi: 546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!