Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Netanyaxu va Tramp G‘azo sulhining ikkinchi bosqichini muhokama qiladi

Netanyaxu va Tramp G‘azo sulhining ikkinchi bosqichini muhokama qiladi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu dushanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Floridada uchrashadi. Tomonlar G‘azoda amal qilayotgan sulh rejasining ikkinchi bosqichini muhokama qiladi.

Ikkinchi bosqich doirasida Isroil qo‘shinlarining G‘azodan chiqishi, HAMAS esa qurollarni topshirishi kerak. Ayni masala muzokaralardagi eng jiddiy to‘siqlardan biri hisoblanadi.

Uchrashuvda, shuningdek, G‘azo uchun vaqtinchalik boshqaruv tuzilmasi va xalqaro barqarorlashtirish kuchlarini joylashtirish masalalari ham ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 14:35 29.12.2025. O'qildi: 1050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!