Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan Donald Trampning inaugurasiya marosimida ishtirok etmaydi, deya xabar tarqatdi “Times of Israel” hukumat rahbari yordamchisiga tayanib.
– Netanyaxu avvalgi qaroridan voz kechdi: Trampning inaugurasiyasini o‘tkazib yuboradi, – deb yozgan gazeta. Reja nima sababdan o‘zgarganiga esa aniqlik kiritilmagan.