Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Netanyaxu Livandagi sulh bo‘yicha o‘z pozisiyasini yumshatdi

Netanyaxu Livandagi sulh bo‘yicha o‘z pozisiyasini yumshatdi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh va Fransiyaning Livanda vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi tashabbusiga qarshi o‘z pozisiyasini yumshatdi.

Bosh vazir devonining bayonotiga ko‘ra, u 21 kunlik sulhni nazarda tutuvchi taklifning «maqsadlarini baham ko‘radi».

Hukumat rahbari idorasi Isroil tomoni muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Benyamin Netanyaxu BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida nutq so‘zlash uchun Nyu-Yorkka keldi.

Avvalroq Netanyaxuning matbuot xizmati bosh vazir AQSh va Fransiyaning Livanda vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘iga «hatto javob bermagani» haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 13:45 27.09.2024. O'qildi: 1356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!